Chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

16:09 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
241 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shovot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi Najmiddin Kubro koʻchasida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan T.P. fuqaro A.ga jami 3 000 AQSH dollarini 32,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?