XTV rahbari ota-onalar va oʻqituvchilarga maslahat berdi

13:54 23 Fevral 2021 Jamiyat
173 0

Xalq taʼlimi vaziri yuqori maqsad qoʻyib, natijalarga erishayotgan yoshlarga havas qilishga farzandlarimizni oʻrgatishimiz kerakligi haqida fikr bildirdi.

«Namanganda talaygina 11-sinf oʻquvchilari oʻquv yili yakunlanmasidan AQSH, Buyuk Britaniya, Koreya kabi qator chet el davlatlarining universitetlarida grantga oʻqish huquqini qoʻlga kiritishganini koʻrib xursand boʻldim. Birgina viloyatda shuncha bitiruvchi chet eldagi nufuzli universitetlarga kirishi albatta mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligini oʻziga xos nishonasidir. 5-10 yil avval buni tasavvur qilish qiyin edi, 30 yil avvalni gapirmasa ham boʻladi, umuman yopiq davlat ichida yashar edik.

Hurmatli ota-onalarimiz va oʻqituvchilarimiz imkoni boricha, farzandlarimizni bu kabi yoshlarimizga havas qilib, oʻz oldilariga yuqori maqsadlarni qoʻyib, oʻz ustilarida doimiy ishlashga undashlari zarur. Aksincha, faqat hasad va gʻiybat bilan cheklanib qolinsa, unday farzandlarimiz hayotda muvaffaqiyatga erishishlari qiyin boʻladi» deb yozadi XTV rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?