Chet davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

12:03 06 Yanvar 2024 Jamiyat
217 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Margʻilon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.T. fuqarolar T.X. va M.N.ni Meksika davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishlari evaziga ularning jami 24 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.E. fuqaro D.Sh.ni Turkiya davlati orqali Angliyaga davlatiga mavsumiy ishga yuborishi evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер