Chernogoriyadagi xalqaro turnirda oʻzbekistonlik yosh bokschilar umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi
Xabar berganimizdek, oʻtgan haftada Chernogoriya davlatida boks boʻyicha 2002-2003-yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida “Adriatic Pearl” xalqaro turniri oʻtkazildi. Quvonarlisi, kecha oʻz yakuniga yetgan ushbu musobaqada Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzolari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Musobaqa yakuniga koʻra, yosh yigit-qizlarimiz 5ta oltin, 3ta kumush va 7ta bronza, jami 15ta medalga sazovor boʻlishdi. Ushbu natija orqali Oʻzbekiston terma jamoasi “Adriatic Pearl” xalqaro turnirida norasmiy umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Quyidagi yosh bokschilarimiz yurtimizga medal bilan qaytishmoqda:
Oltin:
-49 kg: Ibrohim Ishjanov
-91 kg: Amirshoh Samadov
+91 kg: Jahongir Zokirov
Kumush:
-52 kg: Shahzod Muzaffarov
-56 kg: Dilshod Abdumurodov
Bronza:
-60 kg: Aydos Tagaybayev
-69 kg: Sirojiddin Xojakmetov
-81 kg: Shohjahon Abdullayev
Qizlar:
Oltin:
-48 kg: Farzona Fozilova
-57 kg: Nigina Oʻktamova
Kumush:
-51 kg: Sabina Bobokulova
Bronza:
-51 kg: Feruza Kazakova
-64 kg: Gulshoda Istamova.
-69 kg: Sevinchxon Mirxonjonova
-75 kg: Sohiba Roʻzmetova
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring