Chernogoriyada NATOning Bolqondagi eng yirik harbiy mashqlari boshlandi

Arxiv surat
Chernogoriyada NATOning Gʻarbiy Bolqondagi eng yirik "Defender Europe 2023" manevrlari bilan bogʻliq boʻlgan "Immediate Response 23" harbiy mashgʻulotlari boshlandi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi maʼlum qildi.
Mashqlar mamlakat shimolidagi Plevlya shahridagi "Vladimir Knejevich Volodja" kazarmalarida ochildi.
"Chernogoriya Qurolli Kuchlari NATO ittifoqchilari bilan fuqarolarimiz xavfsizligini kafolatlash va alyansning mudofaa qobiliyatiga hissa qoʻshish uchun keng qamrovli harakatlarni tayyorlashda davom etmoqda", deydi Chernogoriya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi, brigada generali Zoran Lazarevich ochilish marosimida.
Mashqlar Kolasin, Zabljak va Plevlya munitsipalitetlarida boʻlib oʻtadi. Mashgʻulotlar davomida Chernogoriya, AQSH va Xorvatiya harbiy xizmatchilari quruqlikdagi operatsiyalar mashqlari, shu jumladan, murakkab togʻli urush elementlari orqali oʻzaro hamkorlikni kuchaytiradilar.
Avvalroq, Estoniyada "Swift Response" mashgʻulotlari boshlangan edi. Unda qatnashish uchun NATO davlatlaridan desantchilar kelgan edi. AQSH boshchiligidagi manevrlar doirasida oʻzini-oʻzi mudofaa kuchlari va ittifoqchilari Boltiqboʻyi respublikasiga kuch va texnikani transfer qilishni mashq qildilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
- Kitoblar — tafakkur chashmasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring