Chendu-2021: Oʻzbekistonlik sportchilar hisobidagi medallar soni yana bittaga koʻpaydi

17:53 31 Iyul 2023 Sport
471 0

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlarida oʻz ishtiroklarini boshlashdi. Quvonarlisi, ushbu sport turining birinchi kunidayoq hamyurtlarimiz delegatsiyamiz hisobiga dastlabki medalni taqdim qilishdi.

-54 kg vazn toifasida bahs olib borgan Omonjon Otajonov kumush medalga sazovor boʻldi. Bu yil jahon chempionatida sovrindorlar qatoridan joy olgan hamyurtimiz bugun faqatgina finalda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berib, ikkinchi oʻrinni band etdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasining musobaqadagi medallari 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер