Chendu-2021: Oʻzbekiston delegatsiyasi Universiada oʻyinlarini oʻn toʻrtta medal bilan yakunladi

14:40 07 Avgust 2023 Sport
598 0

Bugun Xitoyning Chendu shahrida talaba sportchilar oʻrtasida XXXI yozgi Universiada oʻyinlari yakuniga yetmoqda. Musobaqaning soʻnggi kunida Oʻzbekiston delegatsiyasi yana bir bronza medaliga sazovor boʻldi.

Ushbu medalni sablyachi qizlarimiz jamoaviy dasturda qoʻlga kiritishdi. Yarim finalda AQSH termasiga 44:45 hisobida magʻlub boʻlgan yurtdoshlarimiz bronza medali uchun kechgan bahsda italiyalik raqibalarini 45:42 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi ushbu Universiadani 8 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер