Chempion sportchilarning ota-onalari “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishdi
Sir emaski, bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasi rivojiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu bilan bir qatorda xalqaro arenalarda Vatanimiz bayrogʻini yuqorilarga koʻtarib kelayotgan sportchilarni ragʻbatlantirish orqali ularga motivatsiya berish, qolaversa, shu yoʻl bilan yosh avlod qalbida sportga mehr uygʻotish ham ustuvor yoʻnalishlardan.
Odatda mamlakatimizning mard va jasur, yuragida oʻti bor sportchi yoshlari xalqaro maydonlarda yorqin gʻalabalarga erishib kelsa, ular olqishlanadi, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi, ularning trenerlariga ham, sport federatsiyasi rahbarlariga ham yuksak darajada hurmat koʻrsatiladi.
Ammo, ana shu sportchining qalbida yoshligidan sportga mehr uygʻotgan, uni toʻgʻri yoʻnaltirib, yoʻl-yoʻriq koʻrsatgan ota-onalari esa koʻpincha eslanmaydi, ragʻbat koʻrsatilmaydi. Axir oʻsha sportchilarning ota-onalari oʻz vaqtida farzandini sabrli boʻlishga, mashaqqatlarni chidam bilan yengib oʻtishga, avvalo Vatani, xalqi, oilasini sevishga oʻrgatmaganida, jigargoʻshasini haqiqiy vatanparvar qilib tarbiyalamaganida chempionlarimiz qayoqda edi...
Shuni inobatga olgan holda Respublika “Nuroniy” jamgʻarmasi xayrli tashabbusni ilgari surdi. Ular Turizm va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi arafasida Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo, ParaOsiyo va Jahon chempionatlarining gʻolib va sovrindorlari boʻlgan bir guruh sportchilarning ota-onalari, qolaversa faxriy sportchilarni birinchi darajali oltin “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni hamda pul mukofotlari bilan taqdirlashga qaror qildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – turizm va sport vaziri A.Abduxakimov, “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi, Oʻzbekiston qahramoni, senator S.Turdiyev, “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi oʻrinbosarlari Sh.Ubaydullayev, Shuhrat Usmonov va boshqalar ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar nufuzli sport anjumanlarida jonajon yurtimiz bayrogʻini yuqorilarga koʻtarib kelayotgan sportchilarimizni voyaga yetkazgan ota-onalar mehnatini alohida eʼtirof etishdi hamda haqiqiy vatanparvar yoshlarni kamolga yetkazgan bunday jonkuyar yurtdoshlarimizga hurmat bajo keltirishdi.
Soʻngra Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo, ParaOsiyo va Jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan bir guruh sportchilarimizning ota-onalariga birinchi darajali oltin “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring