Chexiyada ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSOI 4* tasnifidagi xalqaro musobaqa boʻlib oʻtadi

11:08 27 Iyul 2023 Sport
428 0

Joriy yilning 27-30-iyul kunlari Chexiyada ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSOI 4* tasnifidagi xalqaro musobaqa boʻlib oʻtadi. Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi mazkur turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Paraga shahri mezbonlik qilayotgan bellashuvlarda 22 mamlakatdan 100 nafardan ziyod mohir chavandoz bahs olib boradi.

Unda yurtimiz sharafini Bahromjon Gaziyev, Bekzod Qurbonov, Umid Kamilov, Nurjan Tuyakbayev va Abdurahmon Abdullayev himoya qilishadi. Har bir sportchimiz 2 tadan otda oʻz chiqishlarini namoyish etadilar.

Reglamentga koʻra, musobaqa yakunida eng yuqori oʻrinni egallagan 2 jamoa Parij-2024 Olimpiadasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?