Chexiyada 2 ta niqob taqish majburiy etib belgilandi

20:21 23 Fevral 2021 Dunyo
374 0

Chexiya Respublikasida COVID-19ʻning “britancha shtamm”i tez tarqalayotgani tufayli karantin choralari kuchaytirilmoqda.

Endi mamlakat aholisidan birdaniga ikkita tibbiy niqob taqish talab etilmoqda. Bu haqda “Lenta” nashri xabar bermoqda.

Yangi talab doʻkonlar, kasalxonalar, jamoat transporti va toʻxtash joylariga nisbatan qoʻllaniladi. Koʻchada bitta niqob taqish mumkin. Sharflar, sharfga oʻxshash yoki uyda tikilgan niqoblardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shifokorlarning soʻzlariga koʻra, pulni tejash maqsadida aholining aksariyat qismi bir necha kun davomida bitta himoya vositasidan foydalanishmoqda, bu esa epidemiologik vaziyatni yana-da kuchaytiradi.

Bugungi kunga kelib, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 112 milliondan oshdi. Qurbonlar soni deyarli 2,5 millionga teng.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?