Chexiya prezidenti vazifalari bosh vazir va parlamentning ikkala palatasi spikerlari oʻrtasida taqsimlandi

00:12 14 Oktyabr 2021 Dunyo
224 0

Foto: РИА Новости

Chexiya Senati reanimatsiyada qolayotgan prezident Milosh Zemanning sogʻayib ketganidan keyin uning vakolatlarini qayta taqsimlaydi. Bu haqda “Cheeska” telekanali parlament yuqori palatasi xavfsizlik komissiyasi rahbari Pavel Fisherga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozircha prezident vakolatlari bosh vazir Andrey Babish va Chexiya parlamentining ikkala palatasi spikerlari oʻrtasida taqsimlanadi. Shu oʻrinda siyosatchi deputatlar respublika rahbarining ahvoli haqida juda kam maʼlumot olayotganini taʼkidlagan.

Shu yilning 10-oktyabr kuni Chexiya prezidenti Milosh Zeman Pragadagi Markaziy harbiy gospitalning reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan edi. Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, 77 yoshli Zemandagi surunkali kasallik bilan bogʻliq asoratlar kasalxonaga yotqizishga sabab boʻlgan. U hamon reanimatsiya boʻlimida qolmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?