Chegaradan oʻtgan “sirli yuk”lar: 65 kg “gashish” osmondan tushdimi?
Tojikiston va Qirgʻizistondan kontrabanda yoʻli bilan kirib kelgan qariyb 65 kg “gashish” giyohvandlik vositasi Oʻzbekistonda musodara qilindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo, Fargʻona va Andijon viloyatlari boʻyicha boshqarmalari tomonidan chegara qoʻshinlari va bojxona organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar oʻtkazilgan. Tadbirlar davomida bir necha fuqarolar kontrabanda yoʻli bilan olib kirilgan giyohvand moddalar bilan qoʻlga olindi. Barcha giyohvandlik vositalari protsessual tartibda musodara qilingani maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Denov tumanida yashovchi shaxs oʻzining “Kobalt” avtomashinasida “gashish” moddasini olib ketayotgan vaqtda toʻxtatilgan va avtomashinaning yukxonasida 50 kg. 567 gr. giyohvand modda topilgan. Tergovda maʼlum boʻlishicha, ushbu giyohvandlik vositasi Tojikistonlik narkosavdogarlardan olingan. Ayni paytda, fuqaroga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha surishtiruvlar davom etmoqda.
Shuningdek, Margʻilon shahrida yashovchi shaxs, Toshkent viloyatining Boʻka tumanidagi xufiya joydan 4 kg. 929 gr. “gashish” moddasini olgan vaqtida qoʻlga tushirildi.
Andijon viloyatida “Samarqand – Andijon” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Spark” avtomashinasida toʻrt nafar shaxs hamda Qirgʻizistonlik fuqaro bilan birga qoʻlga olindi. Tekshiruvlar davomida ulardan 4 kg. 727 gr. “gashish” moddasi musodara qilingan. Tergovda ushbu shaxslar Tojikistonlik narkosavdogarlardan moddani xarid qilganligi va uni ortga qaytib olib ketayotgani maʼlum boʻldi.
Shuningdek, Paxtaobod tumanida yashovchi toʻrt nafar shaxs Qirgʻizistonlik narkosavdogarlar yetkazib bergan 4 kg. 634 gr. “gashish” moddasini 53 ming AQSH dollariga sotayotganida vaqtida ushlandi. Ulardan uch nafari avval sudlangan shaxslar ekanligi maʼlum boʻlgan. “Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan boʻlib, tergov harakatlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsenga qarshi dona surishi maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2025-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar qanchaga oshirilishi maʼlum boʻldi
- Bosh prokuratura Allamjonov suiqasdiga oid qoʻshimcha axborotni ochiqladi
- DXX va Mudofaa vazirligi rahbariyatidagi tayinlovlar rasmiy eʼlon qilindi
- Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Yangihayot va Bektemir tumanlariga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring