Chegarada katta miqdordagi sifati kafolatlanmagan tibbiyot mahsulotlari toʻxtatib qolindi

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida joylashgan chegaraoldi hududlarida DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Tezkor tadbir davomida qoʻshni respublika hududidan davlatimiz chegarasini noqonuniy ravishda buzib oʻtmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi. Ular oʻzlari bilan sifati kafolatlanmagan 15 000 dona tibbiy niqoblar, arbidol, flutsinar, pentalgin kabi turli xil dori vositalarini olib oʻtayotganligi aniqlandi.
Huquqbuzarlar ushbu dori vositalarini qoʻshni Tojikiston Respublikasidan oqib oʻtuvchi Kofirnixon daryosida rezina qayiqlar yordamida olib kirmoqchi boʻlganida toʻxtatib qolindi. Ayni vaqtda holat yuzasidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring