Chavandozlarimiz Jahon kubogining saralash bosqichida gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi

20:35 18 May 2024 Sport
513 0

Shu kunlarda Qirgʻizistonning Bishkek shahrida ot sportining toʻsiqlardan sakrash va ot yoʻrttirish yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogining 3-saralash bosqichi boʻlib oʻtyapti.

Unda Oʻzbekiston Yilqichilik va ot sport federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev va terma jamoa chavandozlari – Bekzod Qurbonov, Aʼzam Tolibboyev, Xurshidbek Alimjonov, Umid Komilov, Oqiljon Sobirjonov va Alyona Derevyanko yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Nufuzli 120 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash bahslarida hamyurtimiz Bekzod Qurbonov «Santos Xeppika» laqabli oti bilan birinchi oʻrinni egalladi. Ushbu yoʻnalishda ikkinchi oʻrin qirgʻizistonlik Andrey Tryapisinga, uchinchi oʻrin esa qozogʻistonlik Ayan Ganiga nasib etdi.

140 sm kvalifikatsiya beruvchi Gran-Pri bellashuvlarida Bekzod Qurbonov «Matts» laqabli oti bilan 59.15 soniya natija koʻrsatib, oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Xurshidbek Alimjonov «Chempions League» laqabli oti bilan kumush (59.77 soniya) medalga sazovor boʻldi.

Ot yoʻrttirish bahslarida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Alyona Derevyanko «Red Daymond» laqabli oti bilan 67,142 foiz natija koʻrsatib, bronza medali sohibasi boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер