Chavandozlarimiz Rossiyadagi Jahon kubogi bosqichida yana gʻolib boʻlishdi
Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahridagi “Maxima” ot sport majmuasida Jahon kubogining navbatdagi bosqich musobaqalari boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, ushbu musobaqada yurtimiz chavandozlari ham munosib ishtirok etishdi.
Jumladan, vakillarimiz YevroOsiyo ligasi doirasidagi toʻsiqlardan sakrash, yaʼni konkur yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda shohsupaga koʻtarilishdi.
CSI-1 *, GOLD TOUR yoʻnalishidagi gʻolib va sovrindorlar:
1. Saidamirxon Turgʻunboyev (Oʻzbekiston),
2. Ayan Gani (Qozogʻiston),
3. Bahromjon Gaziyev (Oʻzbekiston).
Ushbu yoʻnalishda faxrli 4-oʻrin ham oʻzbekistonlik sportchi Xurshidbek Alimjonovga nasib etdi. Mezbonlar esa atigi 5-oʻrin bilan cheklanishdi. Mariya Mixailina eng yaxshi natija qayd etgan rossiyalik sportchi boʻldi va u umumiy hisobda atigi 5-pogʻonadan joy oldi.
CSI-W 140 sm yoʻnalishidagi gʻolib va sovrindorlar:
1. Bekzod Qurbonov Oʻzbekiston),
2. Tatyana Berlachko (Rossiya),
3. Nurjon Tuyakbayev (Oʻzbekiston).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring