Charter reysda qonunga xilof tarzda valyuta savdosi bilan shugʻullanib yurgan shaxs aniqlandi

09:55 11 Iyun 2021 Jamiyat
166 0

Joriy yilning 30-may kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Transportda XTBga B.D. ismli ayol murojaat qilib, «Voljskiy-Toshkent» charter reysida nomaʼlum shaxslar qonunga xilof tarzda valyuta savdosi bilan shugʻullanib yurganligi, ushbu shaxslarga qonuniy chora koʻrish hamda ushbu shaxslarni ushlashda oʻzi amaliy yordam berishini aytgan.

Mazkur arizaga muvofiq shu kuni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV JQB TEQKG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, 1975-yilda tugʻilgan Qoʻngʻirot tumani Ajiniyaz koʻchasida yashovchi, T.U., B.D.ga berilgan 10.000 Rossiya rublini 1.300.000 soʻmga almashtirayotgan paytida daliliy ashyo bilan ushlanib, xolislar ishtirokida yonidagi qora rangli ayollar sumkasi tekshirilganida arizachidan sotib olgan 10.000 Rossiya rubli hamda 200.000 soʻm pullari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Mazkur holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?