Chaqaloqlarga grippga qarshi vaksinatsiya qilish mumkinmi? — dolzarb savollarga aniq javoblar berildi

11:49 25 Sentyabr 2020 Jamiyat
2360 0

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nargiza Nurullayeva ishtirokida brifing oʻtkazildi. 
Brifingda koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq savollarga javob qaytarildi.

Savol: Chaqaloqlarga grippga qarshi vaksinatsiya qilish mumkinmi?

Javob: 6 oylikdan kichik bolalarga grippga qarshi vaksina qoʻllanilmaydi.
Ammo ushbu yoshdagi bolalarda boshqa yoshdagi bolalarga nisbatan gripp asoratlari xavfi yuqori hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalarni himoyalashning eng samarali usuli bu bolaning oila aʼzolarini kasallikka qarshi emlash hisoblanadi. 

Savol: Homiladorlik davrida ham grippga qarshi emlash mumkinmi? Agar homiladorlikdan avval grippga qarshi emlangan boʻlsa, homilada qanday oʻzgarishlar kuzatilishi mumkin?

Javob: Homila rivojlanishidagi oʻzgarishlar grippga qarshi emlash bilan bogʻliq emas, aksincha bu gripp kasalligi bilan bogʻliq boʻladi.  

Faollashtirilmagan vaksinalar bilan grippga qarshi emlash homiladorlikni rejalashtirish jarayonida, bundan tashqari homiladorlikning maʼlum muddatlarida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu muddatni shifokor akusher-ginekolog belgilaydi.

Savol: Koronavirus infeksiyasining yuqumli boʻlmagan turi ham mavjud ekan, shu toʻgʻrimi?

Javob: Koronavirus infeksiyasi asosan kasallangan bemor nafas chiqarganda mayda zarralar bilan atrofga tarqaladi. Bu holat xar safar bemor aksa urganda, yoʻtalganda va hatto gapirganda yuz beradi. 
Baʼzi tadqiqotlarning koʻrsatishicha zarrachalar qoʻshiq kuylaganda va oddiy nafas olganda xam tarqaladi. Bu zarralar yirik boʻlib, ular maʼlum bir masofada tarqala olmaydi va tez pastga qulaydi. 
Sogʻlom kishilar ushbu zarralar mavjud boʻlgan havodan nafas olganlarida kasallanishlari mumkin. Virus inson organizmiga shilliq qavatlar – ogʻiz, burun yoki koʻz orqali tushadi. Virusning yashovchanligi tashqi yuzalar turi va atrof muhit sharoitiga bogʻliq ravishda maʼlum muddat saqlanib qoladi. 
Olimlarning aniqlashlaricha, virus past haroratda bir necha hafta, xona haroratida kartonlarda 24 soatgacha, temir buyumlarda 48 soatgacha, plastik buyumlarda esa 72 soatgacha yashab qoladi. 
Kasallik yuqumliligi va oila aʼzolariga yuqish xavfi yuqoridagi omillardan kelib chiqadi.

Savol: OITS kasalligi bilan roʻyxatda turadigan shaxslarda koronavirus kasalligi qanday kechadi? 

Javob: OIV infeksiyasi mavjud boʻlgan va kasallik rivojlanganlarda, shuningdek, past darajada CD4 mavjud boʻlgan va virus yuklamasi yuqori boʻlganlarda, bundan tashqari antiretrovirus davo olmaydigan bemorlar kasalliklarning asoratlari va infeksiya yuqish yuqori xavf guruhiga kiradilar. 
Barcha OIV mavjud boʻlgan yoki nazorat qilish qiyin boʻlgan OIV boʻlganda qoʻshimcha ehtiyot choralarini koʻrish lozim.
Hozirgi kunda OIV mavjud boʻlganlar va oddiy aholi orasida COVID-19 bilan zararlanish xavfi yoki uning asoratlari toʻgʻrisida ishonchli farq koʻrsatadigan maʼlumotlar yoʻq. 
OIV mavjud boʻlgan baʼzi bemorlarda COVID-19 asoratlarining maʼlum xavf omillari yaʼni, qandli diabet, gipertoniya va boshqa infeksion kasalliklar kuzatilishi mumkin. Shunga koʻra OITS bilan ogʻriganlarda COVID-19ni ogʻir kechishi xavfi yuqori boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер