Changʻichilarimiz uchun Yevropa davlatlarida yigʻin tashkil etiladi

18:31 09 Oktyabr 2021 Sport
1002 0

Oʻzbekiston changʻichilari yil yakuniga qadar Avstriya, Italiya va Rossiya togʻ changʻi sport bazalarida boʻlib oʻtadigan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari hamda ushbu mamlakatlarda tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi.

Bu bilan sportchilarimizning XXIV qishki Olimpiya oʻyinlariga tayyorlanishi va ushbu musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlash maqsad qilingan.

Turizm va sport vazirligi maʼlumotiga koʻra, vazirlikning 2021-yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq, shu yilning 17-oktyabr — 25-dekabr kunlari sportning togʻ changʻisi turi boʻyicha Oʻzbekiston sport delegatsiyasi hamda togʻ changʻisi boʻyicha kuchli sportchilar Raʼno Imonqulova, Valeriya Kovalyova, Arman Gayupovlar Avstriya, Italiya va Rossiya togʻ changʻi sport bazalarida boʻlib oʻtadigan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari hamda xalqaro musobaqalarda qatnashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?