Centrum Air aviakompaniyasi Toshkentdan Buxoroga parvozlarni boshladi

18-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:21 da O‘zbekistonning yangi tashkil etilgan Centrum Air aviakompaniyasining Toshkent-Buxoro yo‘nalishida parvoz qilagan samolyoti Buxoro xalqaro aeroportiga qo‘ndi. An'anaga ko'ra, samolyot suv arkasi bilan, ekipaj a'zolari va 173 yo'lovchi esa tantanali ravishda karnay va surnay sadolari bilan kutib olindi.
Toshkent — Buxoro — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Centrum Air — shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan, 2023-yil yanvar oyida yoʻlovchi reyslarini amalga oshirishga ruxsat olgan Oʻzbekistonning "loukoster" aviakompaniyasi. Bugungi kunga qadar aviatashuvchi parkida uchta Airbus A320 va ikkita Boeing-737 mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring