Sport

“Tokio — 2020” yoʻllanmalarining 70 foizi taqsimlab boʻlindi

Barchamiz orziqib kutayotgan “Tokio — 2020” Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari startiga 67 kun qoldi. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining maʼlum qilishicha, ayni paytga kelib litsenziyalarning 70 foizi oʻz egalarini topgan, deyiladi MOQ matbuot xizmati xabarida..

16:52 17 May 2021
Oʻzbekistonlik dzyudochilar Osiyo ochiq kubogida 14 ta medal jamgʻarishdi

Musobaqaning soʻnggi kuni yoshlar oʻrtasidagi bellashuvlar boʻlib oʻtdi. Unda dzyudochilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami 14 ta medalga ega chiqishdi. Terma jamoamiz bitta oltin medal farqi bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan soʻng ikkinchi oʻrinni band etdi....

13:38 17 May 2021
Oʻzbekistonlik bokschilar nufuzli xalqaro turnirda 8 ta medal qoʻlga kiritishdi, shundan 4 tasi oltin

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida oʻtkazilgan xalqaro turnirda qatnashdi. Sobiq Ittifoq qahramoni Konstantin Korotkov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan musobaqada yigitlarimiz jami 8 ta medalga sazovor boʻlishdi, shundan 4 tasi oltin, bitta kumush va 3 tasi bronza...

13:32 17 May 2021
ITKF Karate-do boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi. Gʻoliblar Osiyo chempionatiga boradi

Kuni kecha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ITKF Karate-do sport turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi.

13:16 17 May 2021
Veloshosse boʻyicha Oʻzbekiston chempionligi kimlarga nasib etdi?

Musobaqaning soʻnggi bosqich bahslarida guruh poygada 80 km masofaga kechgan bahsda 2005 - 2006-yilda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida Diyor Tohirov birinchi, Farruh Bobosherov ikkinchi, Artem Talizenkov uchinchi oʻrinni egalladi.

12:52 16 May 2021
Dzyudo: Osiyo ochiq kubogining ilk kunida 12 ta medalga sazovor boʻldik

Kuni kecha Qozogʻistonning Olma-ota shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo ochiq kubogi boshlandi. Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy, taniqli jamoat arbobi Beket Mahmudov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan musobaqada dastlabki kungi bellashuvlar ortda qoldi.

12:49 16 May 2021
Taekvondochilarimiz Amman shahriga yetib borishdi

Kecha, 14-may erta tongda Oʻzbekiston taekvondo terma jamoasi aʼzolari Toshkent-Dubay-Amman yoʻnalishi boʻylab Iordaniyaga joʻnab ketishgandi. Dubaydan Ammanga reys 9 soatdan keyin boʻlishi tufayli delegatsiya aʼzolari Dubaydagi mehmonxonaga joylashishdi va maʼlum vaqt davomida hordiq chiqarishdi. Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston taekvondo...

22:29 15 May 2021
Shaxmat: Markaziy Osiyo chempionati yakunlandi, Jahon kubogi hamyurtlarimizda

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida Markaziy Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston va mamlakatimizdan jami 34 nafar mahoratli shaxmatchi qatnashdi.

22:17 15 May 2021
“Nasaf” OFK kubogini yirik gʻalaba bilan boshladi

Bugun Tojikistonning Dushanbe shahrida futbol boʻyicha OFK kubogining “F” guruhi 1-tur oʻyinlariga start berildi.

19:43 14 May 2021
Taekvondochilarimiz Iordaniyaga joʻnab ketishdi, ular Olimpiada yoʻllanmalari uchun kurashadi

Shu yil 21-22-may kunlari Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo qitʼasi taekvondochilari oʻrtasida Tokio-2020 uchun soʻnggi litsenzion turnir boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekistondan jami 3 nafar (1 nafar erkak va 2 nafar ayol) sportchi qatnashish huquqiga ega.

19:40 14 May 2021