Jamiyat

Maktablarga oliy taʼlim muassasalarini biriktirish tashabbusi: ijro qanday?

Xususan, Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filialiga Zarbdor tumanidagi 26-sonli maktabda shu kunga qadar faqatgina maktab jamoasi va oʻquvchilar bilan uchrashuv oʻtkazilib, rasmiyatchilik uchun bayonnomalar toʻldirilgan, xolos, OTM tomonidan taʼlim sifati va oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatilmagan.

12:31 18 Yanvar 2021
Xorazmda “Nafosat” festivali boʻlib oʻtmoqda

Shu kunlarda Xorazm viloyatida “Nafosat” festivali oʻtkazilmoqda. Mazkur festivalning ikkinchi kunida dastlab Urganch davlat universitetida “Gender tenglik va zoʻravonlikka qarshi kurash” mavzusida universitet talaba-qizlari bilan muloqot boʻlib oʻtdi.

12:21 18 Yanvar 2021
Oʻzbekistonda yana bir faxriy unvon taʼsis etiladi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan gidrometeorolog” faxriy unvoni taʼsis etiladi. Mazkur qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

12:13 18 Yanvar 2021
Elektrning tez-tez uzilishi sabab Chiroqchida rentgen uskunasi nosoz holatga keldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumani markaziy shifoxonasida rentgen uskunasining asosiy qismi 29-dekabrdan buyon ishlamayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo SSB munosabat bildirdi

12:11 18 Yanvar 2021
Qisqa muddatli oʻquv kurslari nima uchun kerak?

— Ikki yildan buyon santexnik vazifasida mijozlarga xizmat koʻrsatib kelmoqdaman, — deydi Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi Bahromjon Xolmirzayev. — Bu sohada oʻqimagan boʻlsam ham ustozlardan dars olganman. Biroq shunday holatlar yuzaga keldiki, bajargan ishimni takror bajarishimga toʻgʻri keldi. Boisi, men...

12:08 18 Yanvar 2021
Bulungʻurda MTM mudirasi bogʻcha bolasini urgani bo'yicha tekshiruv olib borilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Bulungʻur tumanidagi 13-sonli maktabgacha taʼlim muassasasining mudirasi tarbiyalanuvchilarni urganligi va MTMda sodir boʻlayotgan boshqa qonunbuzilish haqida xabar tarqaldi.

12:02 18 Yanvar 2021
Sobiq madaniyat boʻlimi rahbari 263 mln soʻmlik texnikalarni oʻzlashtirgani aniqlandi

263 mln soʻmlik texnikalarni oʻzlashtirgan Buxoro shahar madaniyat boʻlimi sobiq rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

11:59 18 Yanvar 2021
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialiga direktor tayinlandi

Norqoʻziyev Farhod Norpoʻlatovich Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

11:50 18 Yanvar 2021
Samarqandda eng koʻp, Sirdaryo eng kam: Hududlar aholisi soni maʼlum qilindi

Davlat statistika qoʻmitasi 2021-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, respublika hududlarining doimiy aholisi sonini maʼlum qildi. Unga koʻra:

11:43 18 Yanvar 2021
Bugun tongda Toshkentda ikkita «Spark» toʻqnashdi. Ulardan biri agʻdarilib ketgan

“Joriy yilning 18-yanvar kuni soat 06:45larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KXAY va Beruniy koʻchalari kesishgan «Orzu” chorrahasida, haydovchi, 1974-yilda tugʻilgan I.E. boshqaruvidagi «Spark» va haydovchi, 1968-yilda tugʻilgan O.M. boshqaruvidagi yana bir «Spark» rusumli transport vositalari ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan. Toʻqnashuv...

10:59 18 Yanvar 2021