Samarqandda yaroqsiz dori vositalari yoʻq qilindi

20:23 26 Noyabr 2021 Jamiyat
671 0

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar boʻlimi ish yurituvida boʻlgan, sudlar tomonidan taqdim qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning tegishli bandlariga asosan, sifati kafolatlanmagan va isteʼmolga yaroqsiz boʻlgan dori-darmonlar hamda tibbiyot vositalarini yoʻq qilish boʻyicha navbatdagi tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda viloyat bojxona, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

– Samarqand “Dori-darmon” aksiyadorlik jamiyati omborxonasida saqlanayotgan, jinoyat ish materiallari boʻyicha ashyoviy dalil sifatida qayd etilgan dori-darmonlar hamda tibbiyot vositalari sifati kafolatlanmagani uchun qurilish chiqindilari poligonida tashkil etilgan kuydirish pechida yoʻq qilindi, – deydi MIB Samarqand shahar boʻlimi davlat ijrochisi Elmurod Karimov. – Bular 224 turdagi tibbiyot ukolli ampula dorilar, “Kleksan 4000 Anti XA/ME 0,4 ml”, “Kleksan 6000 Anti XA/ME 0,6 ml”, “Kleksan 8000 Anti XA/ME 0,8 ml”,  nitrat kislota, glitsirin va boshqa dori vositalaridir.

Shuningdek, qiymati 25 million soʻmlik noqonuniy kirib kelgan tamaki mahsulotlari ham tadbir davomida yoʻq qilindi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?