Samarqand xalqaro aeroportida 172 grammdan ortiq zargarlik buyumlari toʻxtatib qolindi

08:28 22 Iyul 2021 Jamiyat
126 0

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmatining xabariga koʻra, «Domodedovo — Samarqand» yoʻnalishi bilan uchib kelgan yoʻlovchi N.D.ning xatti-harakatlari bojxona xodimlari eʼtiborini tortgan. Uning qoʻl va bagaj sumkalari bojxona nazoratidan oʻtkazilganida, bojxona nazoratidan yashirilgan va jismoniy shaxslar tomonidan bojsiz olib oʻtish meʼyoridan ortiq boʻlgan umumiy qiymati 46 million soʻmga teng boʻlgan 123,3 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.

Shuningdek, yana bir holatda «Istanbul — Samarqand» yoʻnalishi bilan uchib kelgan yoʻlovchi A.D.ning qoʻl yuklari bojxona nazoratidan oʻtkazilganida, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va oʻziga tegishli boʻlmagan qiymati 20 million soʻmlik 48,96 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Har ikkala holatda ham bojxonachilar tomonidan uddaburon shaxslarning qilmishlari fosh etilib, tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?