Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasiga noqonuniy kirishga uringan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olingan — OAV

16:56 23 Avgust 2021 Dunyo
739 0

Foto: TASS

Rossiya huquq-tartibot idoralari Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi hududiga kirmoqchi boʻlgan chet el fuqarosini qoʻlga oldi. Bu haqda “REN TV” telekanali xabar bermoqda.

Telekanal maʼlumotiga koʻra, erkak hujjatlarini panjara ortidan otib, yangi mamlakatga koʻchib oʻtishi uchun yordam berishlarini soʻrab, baqirgan.

Jinoyatchi politsiya boʻlimiga olib ketilgan. Maʼlum boʻlishicha, u Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan. Hozirda hodisaning barcha tafsilotlari oʻrganilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?