Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti tanlovida gʻolib chiqqan buxorolik oʻquvchi yana bir xalqaro bellashuvda yetakchi

15:44 21 Iyun 2023 Jamiyat
527 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Buxoro shahridagi 2-umumtaʼlim maktabining yuqori sinf oʻquvchisi Parvizbek Toʻqsanovning 250 ta soʻzdan iborat inshosi Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti tomonidan tashkil etilgan tanlovda gʻolib deb topilgan va yosh iqtidor egasi oʻz tengqurlari qatorida birinchilardan boʻlib S1 sertifikatini qoʻlga kiritgan edi.

Kuni kecha Parvizbek Toʻqsanov yana bir muvaffaqiyatga erishdi. SAT (Scholastic Aptitude Test) – xalqaro akademik baholash testidan 1560 ball toʻplashga erishdi. Mutaxassislarning eʼtirof etishlaricha, 17 yoshli bilimdon yigit oʻzbekistonlik yoshlar orasida ilk bor shunday yuqori natija qayd etdi. Shu tariqa 98 foizli natijaga erishgan oʻquvchi ingliz tilidan 770 (800), matematikadan 790 (800) ballni qoʻlga kiritdi. Yaʼni, ingliz tilidan 52 ta (jami 54 ta), matematikadan 42 ta (jami 44 ta) testni toʻgʻri ishladi. Eʼtiborlisi, ilgari bunday natijaga erishganlar qahramonimizdan yosh jihatdan katta.

Qolaversa, ular bu vazifani ikkinchi yoki uchinchi urinishda uddalashgan. Matematikaning statistika, algebra, geometriya kabi yoʻnalishlarini qamrab olgan testlarni ingliz tilida yechish ikki karra qunt va masʼuliyat talab etadi. Ayniqsa, ingliz tilidan oʻqish va yozish bilan birga, nomzodning soʻz boyligi, tafakkuri, dunyoqarashi, tahlillari, shaxsiy xulosalariga eʼtibor qaratiladi.

— Ustozlarim berayotgan saboqlar, bir emas, bir necha tilni bilishim, test sinovlariga qunt bilan tayyorgarlik koʻrishim yutuqlarim garovi boʻlyapti,—deydi Parvizbek. – Kelajakdagi maqsadim har tomonlama yetuk mutaxassis sifatida ona-yurtimiz ravnaqiga hissa qoʻshishdan iborat.

                                                                        Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер