Buyuk Britaniyada Oʻzbekistonlik talabalar uyushmasi ochildi

18:45 04 Mart 2024 Jamiyat
175 0

Mamlakatimiz elchixonacida Oʻzbekistonlik talabalar uyushmasining ochilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Buyuk Britaniyaning Oksford, Kembrij, Edinburg, London Iqtisodiyot maktabi, London Imperial kolleji kabi yetakchi universitetlarida tahsil olayotgan va “El yurt umidi” jamgʻarmasi grantlari asosida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar ishtirok etdi.

Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov anjumanning ochilish marosimidagi nutqida ishtirokchilarni Yangi Oʻzbekistonning asosiy qatlami hisoblangan yoshlar uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va istiqboldagi rejalar bilan tanishtirdi.

Tadbir davomida Oʻzbekistonlik talabalar uyushmasi yetakchilari tashkilot oldida turgan vazifalar va istiqboldagi rejalarga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazdilar. Taqdimot davomida davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda olib borilayotgan yoshlarga doir davlat siyosatini izchil davom ettirish va targʻib etish uyushma oldidagi asosiy vazifa sanalishi taʼkidlandi. Uyushma kelgusida Oʻzbekistonning boy madaniy-maʼrifiy tarixini Buyuk Britaniyada turli tadbirlar, yigʻilishlar va davra suhbatlari orqali ommalashtirishni ham maqsad qilgan.

Oʻzbekistonlik talabalar uyushmasining tantanali ochilish marosimidan soʻng Buyuk Britaniya oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan vatandosh talabalar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Turnirda 6 ta jamoa besh raundda oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. Bilimlar bellashuvi yakunida uning gʻoliblari diplomatik missiya nomidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер