Buyuk Britaniyada koronavirus yangi mutatsiyasi bilan zararlanish holatlari aniqlandi

23:31 01 Sentyabr 2021 Dunyo
781 0

Illyustrativ foto

Buyuk Britaniyada koronavirusning «Mu» shtammini 48 kishi yuqtirgani aniqlangan. Bu haqda «The Mirror» nashri xabar bermoqda. 

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlumotlariga koʻra, hozir 39 mamlakatda koronavirusning «Mu» yoki V.1.621 mutatsiyasini yuqtirish holatlari qayd etilgan.

Mutaxassislarning dastlabki xulosalariga koʻra, u «COVID-19» vaksinalariga nisbatan chidamliroq. Ammo buni aniqlash uchun koʻproq tadqiqotlar kerak boʻladi.

Ushbu mutatsiya shu yilning boshida Kolumbiyada aniqlangan edi.

JSSTning qayd etishicha, hozirda Kolumbiyada mazkur shtammning tarqalishi 39, qoʻshni Ekvadorda 13 foizni tashkil qilmoqda. Global miqyosda esa 0,1 foizga atrofida boʻlib turibdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlari shuni koʻrsatmoqdaki, V.1.621 variantining 48 holati 25-avgustgacha maʼlum boʻlgan va bu avvalgi haftaga qaraganda ikki baravar koʻp.

Avvalroq, JSST «Mu» shtammini “qiziqish varianti” sifatida monitoring roʻyxatiga kiritgani haqida xabar berilgan edi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?