Buyuk Britaniyada koronavirus yana bir gʻayrioddiy shtammi aniqlandi. Ayrim davlatlar bu davlat bilan aloqani cheklamoqda

18:38 22 May 2021 Dunyo
766 0

Buyuk Britaniyaning Yorkshir grafligi olimlari koronavirusning gʻayrioddiy gen birikmasiga ega shtammini aniqlashdi. U oʻzida uch karra mutatsiyasini birlashtirgan, deyiladi “The Daily Mail” nashri xabarida.

Hozirda Yorkshir va Xumber mintaqasida yashovchi 49 kishining ushbu shtamm bilan zararlangani maʼlum boʻlgan. Buyuk Britaniya sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislari holatni kuzatib bormoqda va bu shtammning vaksinalarga chidamliligi haqida maʼlumot yoʻq.

Xususan, Sheffild jamoat salomatligi boʻyicha direktori Greg Fellning soʻzlariga koʻra, ushbu mutatsiyaning vaksinalarga chidamliligi yoki oʻta yuqumli ekanligi toʻgʻrisida hali hech qanday dalil yoʻq.

Shunga qaramay, Germaniya 23-maydan oʻz fuqarolarini Buyuk Britaniyaga sayohat qilishini chekladi. Buyuk Britaniyadan Germaniya hududiga faqat mamlakat pasportiga ega odamlar kiritilishi maʼlum qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?