Buyuk Britaniyada ishlash uchun 77 nafar fuqaroga Tier5 vizalari tasdiqlandi

19:29 12 Avgust 2022 Jamiyat
2001 0

Joriy yilning may oyida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Angliya davlatidagi ish beruvchi korxona bilan “Seasonal Worker Pilot” loyihasi boʻyicha axborot yarmarkasi tashkil qilingan edi.

Ish beruvchi talabidan kelib chiqib, loyihaga qiziqish bildirgan va roʻyxatdan oʻtgan nomzodlar qisman guruhlarga boʻlingan holda mingga yaqin fuqaro bilan respublika miqyosida tanlovlar oʻtkazildi.

Tanlovlar yakuniga koʻra, ish beruvchi bilan kelishgan holda 80 nafar fuqaroning Buyuk Britaniyaga qishloq xoʻjaligi sohasida mavsumiy ishchi vizasini rasmiylashtirish boʻyicha zarur hujjatlar elchixonaga taqdim etildi.

Bugungi kunda 77 nafar fuqaroga Tier5 vizalari tasdiqlangan boʻlib, ularni uyushgan holda yuborish choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер