Buyuk Britaniya Ukrainaga harbiy yordam uchun yana 1 milliard funt sterling ajratadi

16:05 30 Iyun 2022 Dunyo
683 0

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya Ukrainaga qoʻshimcha 1 milliard funt sterling miqdorida harbiy yordam beradi, deb yozadi “Evening Standard” Buyuk Britaniya bosh vaziri qarorgohi bayonotiga tayanib.

“Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablagʻ Kiyevning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi, jumladan, zamonaviy havo hujumidan mudofaa tizimlari, dronlar, yangi innovatsion elektron urush uskunalari va ukrainalik askarlar uchun zarur boʻlgan minglab jihozlar uchun”, deyiladi xabarda.

Nashrning qayd etishicha, Buyuk Britaniyaning yangi majburiyati ayni paytda Madridda boʻlib oʻtayotgan NATO sammitida kelishilgan Ukrainani qoʻllab-quvvatlash paketining bir qismidir.

Buyuk Britaniyaning Kiyevga umumiy iqtisodiy va harbiy yordami 2022-yilda 3,8 milliard funt sterlingni tashkil qiladi, deb yozmoqda gazeta.

Niderlandiya esa NATO davlatlarini oʻz xavfsizligi hisobiga ham Ukrainani qurollantirishga chaqirmoqda.

Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryuttening aytishicha, Ukraina NATO davlatlaridan yetarli miqdorda qurol olishi kerak.

“Ukraina yetarlicha ogʻir qurol tizimlariga ega boʻlishi nihoyatda muhim”, deydi Rutte.

Uning soʻzlariga koʻra, hali ham Ukrainaga berish uchun nimadir bor, barcha mamlakatlar ularni yetkazib berishlari muhim.

“Bu yaqin oylarda oʻz hududingizni toʻliq himoya qila olmasligingizni anglatishi mumkin, ammo hozircha biz Ukrainaga ustuvor ahamiyat berishimiz muhim”, deydi Rutte.

Shu bilan birga, Niderlandiya bosh vaziri NATO aʼzolari orasida hali ham Ukraina armiyasini ogʻir qurollar bilan taʼminlashga jurʼat eta olmaydigan davlatlar borligini taʼkidladi. Ammo Rutte ularning nomma-nom aytmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?