Buyuk Britaniya Qirolichasi hokimiyatni shahzoda Charlzga topshirishni boshlagan

02:01 07 Dekabr 2021 Dunyo
700 0

Foto: AP

Buyuk Britaniyada Qirolicha Yelizaveta II hokimiyatni shahzoda Charlzga topshirish jarayoni boshlangan. Bu haqda Daily Express nashri Buyuk Britaniya monarxiyasini oʻrganuvchi tarixchi Ed Ouens tayanib xabar bermoqda.

«Qirolichaning oʻlimi qirollik oilasida inqirozga olib kelmaydi. Hokimiyatning ramziy maʼnoda Charlzga oʻtishi allaqachon boshlangan», deydi Ouens. Shu oʻrinda u soʻnggi paytlarda shahzoda muhim voqealar paytida onasini tez-tez almashtirib turganiga eʼtibor qaratgan.

Soʻnggi paytlarda 95 yoshli Qirolichaning salomatligida muammolar kuzatilmoqda. Jumladan, oktyabr oyining oxirida shifokorlar unga ommaviy tadbirlardan tanaffus qilishni tavsiya qilishdi. Shundan soʻng u Shimoliy Irlandiyaga tashrifini bekor qildi, BMTning Glazgodagi iqlim konferensiyasiga borishdan bosh tortdi va koʻrikdan oʻtish uchun shifoxonaga bordi. Noyabr oyida Yelizaveta II Xotira kunini nishonlash marosimlarida qatnashmadi.

Avvalroq, ekspertlar shahzoda Charlzning qirol boʻlish imkoniyatlarini shubha ostiga qoʻygani xabar qilingandi. Xususan, tarixchi Martin Viner uning taxtga oʻtirishi Millatlar Hamdoʻstligining parchalanishiga olib kelishi mumkinligini taʼkidlagan.

Shahzoda Charlz Yelizaveta IIning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, Qirolicha vafotidan keyin Buyuk Britaniya taxtiga oʻtadi. Undan tashqari qirolichaning yana uchta farzandi bor: malika Anna, shahzodalar Eduard va Endryu. 

Buyuk Britaniya taxtiga ikkinchi daʼvogar Charlzning oʻgʻli shahzoda Uilyam hisoblanadi. Uning ukasi shahzoda Garri va uning rafiqasi 2020-yilda qirollik oilasi sifatidagi vazifalaridan voz kechgan va AQSHga koʻchib ketgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?