Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta IIning turmush oʻrtogʻi — shahzoda Filipp vafot etdi

16:56 09 Aprel 2021 Dunyo
886 0

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta IIning turmush oʻrtogʻi — shahzoda Filipp 99 yoshida vafot etdi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar bermoqda.

“Buyuk Britaniya qirolichasining turmush oʻrtogʻi, Edinburg gersogi shahzodasi Filippning vafot etganligi toʻgʻrisida chuqur afsus bilan xabar beradi”, deya nashr Bukingem saroyining bayonotidan iqtibos keltirgan.

Aniqlik kiritilishicha, shahzoda 9-aprel, juma kuni ertalab Vindzor qasrida vafot etgan. 16-fevral kuni shahzoda Filipp kasalxonaga yotqizilgan. Bir oy oʻtgach, u muvaffaqiyatli yurak operatsiyasidan soʻng Edvard VII kasalxonasini tark etgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?