Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi

23:20 30 Iyul 2022 Dunyo
1317 0

Illyustrativ foto

Buyuk Britaniya politsiyasi banan qutilarida yashirilgan qiymati 40 million funt sterlinglik kokain giyohvand moddalarni musodara qildi.

Temza portida Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik kokain giyohvand moddalarni musodara qildi.

“Sky News” xabariga koʻra, ushbu yuzlab oʻram giyohvandlik moddalari banan qutilariga joylashtirilgan boʻlgan. Qayd etilishicha, politsiya Kolumbiyadan Niderlandiyaga ketayotgan kemada jami yarim tonnadan ortiq A sinfidagi giyohvand moddalarni musodara qilgan. 

Joriy yilning iyun oyida Portugaliya politsiyasi Kolumbiyadan olib kelingan katta partiya kokainni Setubal portida musodara qilgani haqida xabar berilgan edi.

Oʻshanda huquq-tartibot idoralari sakkiz tonna kokainning qiymatini 300 million yevrodan ortiqroqqa baholagan edi. Ushbu partiya boshqa Yevropa mamlakatlariga tranzit uchun moʻljallangan boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?