Buyuk Britaniya Yelizaveta IIning dafn marosimiga Rossiya, Belarus va Myanmani taklif qilmadi

01:47 14 Sentyabr 2022 Dunyo
837 0

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya hukumati qirolicha Yelizaveta IIning dafn marosimiga Rossiya, Belarus va Myanma rasmiylariga taklifnoma yubormadi.

“Metro”ning hukumatdagi manbalarga tayanib yozishicha, Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy amaliyoti” tufayli Moskva ushbu marosimdan istisno qilingan.

Manbaga koʻra, qirolichaning dafn marosimida dunyoning turli burchaklaridan 500 nafarga yaqin yuqori martabali siyosatchi va diplomatlar ishtirok etadi. Bundan tashqari yana 1500 nafar mehmon boʻladi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 10-sentyabr kuni Vladimir Putin Buyuk Britaniya qirolichasining dafn marosimiga bormasligini aytgan edi.

Buyuk Britaniya va Shimoliy qirolichasi Yelizaveta II joriy yilning 8-sentyabr hayotdan koʻz yumgan edi. Shu munosabat bilan Buyuk Britaniyada 10 kunlik milliy motam eʼlon qilingan. Qirolichaning dafn marosimi 18-sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?