Buyuk Britaniya bosh vaziri noqonuniy muhojirlar toʻlqini Yevropani qamrab olishi haqida ogohlantirdi

00:35 17 Dekabr 2023 Dunyo
532 0

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak agar qattiq choralar koʻrilmasa, noqonuniy muhojirlar toʻlqini Yevropani qamrab olishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda u Rimda boʻlib oʻtgan tadbirda aytib oʻtdi.

Italiyalik konservatorlar bilan uchrashuvda u qochqinlarga nisbatan xalqaro qoidalarni qatʼiylashtirish zarurligini taʼkidladi.

“Agar biz bu muammoni hal qilmasak, ularning soni oshib boradi”, dedi Sunak.

Bosh vazir Buyuk Britaniyadagi muhojirlar toʻlqinining haddan tashqari yuqori darajasiga eʼtibor qaratgan. London qonuniy migratsiyani kamaytirish choralarini koʻrishda davom etishi kerak, deb hisoblaydi u.

Xususan, Bosh vazir xorijlik talabalarning Buyuk Britaniyada taʼlim olishi toʻgʻrisidagi farmonga eʼtibor qaratdi. Unga koʻra, 2024-yil yanvar oyidan boshlab xorijlik talabalar oʻqish muddati davomida yaqinlarini mamlakatga olib kela olmaydi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 2022-yilda qirollikka 745 mingga yaqin xorij fuqarosi kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер