Buxoroda fuqarolarga ishsizlik nafaqasi tayinlatib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

15:21 19 Avgust 2022 Jamiyat
419 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazining sobiq inspektori D.N. va uning tanishi A.T. 13 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga markaz rahbari orqali ishsizlik nafaqasi tayinlab berish evaziga 700 AQSH dollari va 6 mln soʻmini qoʻlga kiritganliklari aniqlanib, ushbu pullar hisobidan fuqaro F.M.ga 500 ming soʻmni qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?