Buvaydada uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyatining Buvayda tumanida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tuman markazidagi tantanalar majmuasida tashkillashtirilgan tadbirga faollar, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari taklif qilindi.
Tadbirda buvaydalik mehnat qahramonlari, milliy sanʼatimiz namoyandalari eʼtirof etildi. El-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan insonlarning ibratli hayot yoʻli haqida videoroliklar koʻrsatildi, ularga va yaqinlariga esdalik sovgʻalari topshirildi.
— Nuroniy yoshda bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlikni his etib yashash oʻzgacha zavqli, — deydi Oʻzbekiston Qahramoni, buvaydalik mashhur fermer Patilaxon Ergasheva. — Bayram, qutlugʻ sanalar va shu kabi muntazamlik kasb etayotgan tadbirlar doirasida keksa avlod vakillariga yuksak hurmat koʻrsatiladi. Bu kabi ezgu tashabbuslar yurtimizda anʼana tusini olgani bizni behad mamnun etadi.
Bir piyola choy ustida kechgan samimiy suhbat, dilrabo kuy-qoʻshiqlar Fargʻonacha askiya hamohangligida barchaga unutilmas koʻtarinkilik tuhfa etdi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring