Buvaydada mashinani olib pulini bermagan firibgar ushlandi

10:54 19 Sentyabr 2021 Jamiyat
557 0

14-sentyabr kuni A.Sh. IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning fevral oyida nomaʼlum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan “VAZ-2101” rusumli avtomashinasini 12.000.000 soʻmga sotib olishga kelishib, pulini oʻn kun muddatda berishini aytib, avtomashinani olib ketib, bergan vaʼdasini bajarmasdan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pulini oʻz ehtiyojlariga uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.Sh sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?