Buvaydada davlat-xususiy sheriklik asosida boshlangʻich taʼlim muassasasi va avtomaktab barpo etildi

14:06 30 Noyabr 2022 Jamiyat
330 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyati Buvayda tumanida davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida bir qator istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Tumanning “Beglar” MFY hududida bunyod etilgan “Little Harvard” xususiy maktabida kelajagimiz vorislari jahon andozalari darajasida bilim olishlari uchun barcha qulayliklar muhayyo etildi. Tadbirkor Otabek Muhammadaliyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu loyiha qiymati 1 milliard 800 million soʻm boʻlib, taʼlim dargohi 200 oʻringa moʻljallangan. Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 30 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshiriladigan bilim maskanida boshlangʻich sinf oʻquvchilari tahsil oladi. Ingliz va rus tili, mental arifmetikani mukammal oʻrgatishga ixtisoslashgan muassasada 20 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Shuningdek, tumanning “Yangiqoʻrgʻon” mahallasida “Egamberdi ota fayz baraka savdo” xususiy korxonasi tomonidan innovatsion avtomaktab faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bu yerda oʻquv va amaliy mashgʻulotlar oʻzaro uygʻunlashtirilib, taʼlim jarayoni eng ilgʻor texnologiya va dasturlar yordamida olib boriladi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер