“Business & Diplomacy” jurnalida Covid-19 davrida mehnat migrantlarini himoya qilish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi haqida maqola chop etildi

19:14 10 Noyabr 2020 Siyosat
317 0

Germaniyada yilning har choragida nemis va ingliz tillarida nashr etiladigan “Business & Diplomacy” jurnalida “Covid-19 davrida mehnat migrantlarini himoya qilish: Oʻzbekiston tajribasi” sarlavhali maqola chop etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Bandlik va mehnat vazirligi axborot xizmatiga koʻra, ushbu nufuzli nashr tomonidan eʼlon qilingan maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida ish oʻrinlarini saqlab qolish va Oʻzbekiston mehnat bozoriga koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan keng miqyosdagi ishlar xususida soʻz yuritiladi.

Jurnalda Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning quyidagi soʻzlari keltirilgan: «Aholini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan saʼy-harakatlar hamda Oʻzbekiston hukumati tomonidan ishlab chiqilgan inqirozga qarshi kurashish dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida 8 oy ichida 826 ming nafar kishi doimiy ish oʻrniga va daromad manbaiga ega boʻlishga imkon yaratildi».

Shuningdek, “Business & Diplomacy” jurnalining ushbu maqolasida xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya tizimi shakllanishining asl mohiyati, maqsadi va mexanizmlari ochib berilgan. Bu borada mamlakatimizda qanday ishlar olib borilgani va qanday natijalarga erishilganligi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosari Erkin Muhitdinov nemis jurnalistlariga batafsil maʼlumot berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?