Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi

Illyustrativ foto
Burkina-Faso shimolida oʻtgan hafta jangarilar tomonidan oʻgʻirlab ketilgan 60 nafar ayol va bola ozod etilgan.
Manbaga koʻra, huquq-tartibot idoralari qutqaruv operatsiyasi tashkil etgan va qoʻshni viloyat hududida 27 nafar ayol va 39 nafar chaqaloqni topgan.
“Agence France-Presse” mamlakat rasmiylariga tayanib Afrika Gʻarbida joylashgan Burkina-Faso davlatida terrorchi guruhlar jangarilari 60 ga yaqin mahalliy aholini oʻgʻirlab ketilgani haqida xabar tarqatgan edi.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, terrorchilar shahar yaqinidagi oʻrmonzorda rezavor mevalar terayotgan ayollar guruhlariga ikki marta hujum uyushtirgan. Maʼlum boʻlishicha, mazkur hujumlar 12 va 13-yanvar kunlari sodir etilgan.
Oʻtgan yilning noyabr oyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Afrikaning Sahel mintaqasida jangari guruhlarga qarshi “Barkhane” aksilterror operatsiyasi yakunlanganini eʼlon qilgan edi. Fransiya 2014-yil avgust oyidan beri Mali, Burkina-Faso, Mavritaniya, Niger va Chaddagi terrorchi guruhlarga qarshi operatsiya oʻtkazmoqda. Bu fransuz harbiylari 2013-2014-yillarda Malida amalga oshirgan «Serval» operatsiyasining mantiqiy davomi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring