“Bunyodkor” futbol klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

00:10 04 Mart 2021 Sport
1231 0

“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullayev klubda boʻlib, u yerda murabbiylar, futbolchilar va klubda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida klub bosh direktori Ulugʻbek Mirzayev barchaga “Bunyodkor” klubida yangi ish boshlagan klub prezidentini tanishtirib oʻtdi.

Klub prezidenti qatnashgan yigʻilishda yangi bosh murabbiy saylash masalasi ham koʻtarildi. Kuzatuv kengashi aʼzolari, futbolchilar va murabbiylarning bir ovozi bilan uzoq yillardan buyon jamaoda faoliyat yuritgan Shuhrat Maqsudov bosh murabbiy etib saylandi.

Aynan bugundan boshlab Shuhrat Maqsudov “Bunyodkor” klubining bosh murabbiyi sifatida futbolchilarni yangi mavsumda maydonga olib tushadi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” klubi prezidenti yangi bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov oʻzbek futbolining koʻzga koʻringan namoyandasi, ajoyib futbolchi boʻlgani hamda murabbiylikda ham oʻziga xos oʻrnak boʻlib ulgurganini taʼkidlab, unga ishonch bildirdi va oldinda turgan yangi mavsumda omad tiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?