“Bundan buyon faoliyatimizni mutlaqo yangicha, yaʼni, «inson–jamiyat–davlat” tamoyili asosida tashkil etamiz» — Prezident

Foto: president.uz
Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yoʻnalish boʻyicha “Inson qadri uchun 100 ta maqsad” belgilab olindi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun joriy yilning oʻzida umumiy qiymati 55 trillion soʻm va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda.
«Barcha saʼy-harakatlarimiz, ajratilayotgan mablagʻlar mahalla va xonadonlargacha aniq yetib borishi va har bir oila farovonligini oshirishga xizmat qilishi shart.
Buning uchun respublika, viloyat, tuman va shahar hamda mahalla darajasidagi barcha rahbarlar bor kuch va resurslarini toʻliq safarbar qilishlari zarur», — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, davlatimiz rahbari strategiyaning inson qadrini yuksaltirish va xalqparvar davlat barpo etish yoʻnalishidagi vazifalarni koʻrsatib oʻtdi. Jumladan, bular:
— mahallani jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylantirish;
— xalq bilan muloqot mexanizmlarini takomillashtirish;
— “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa hududiy dasturlarni jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqish;
— davlat organlarini “mahallabay” ishlash tizimiga oʻtkazish;
— elektron davlat xizmatlarining ulushini amaldagi 54 foizdan 90 foizga yetkazish.
— jamoatchilik fikrini muntazam va ilmiy asoslangan holda tizimli oʻrganish. Buning uchun, “Ijtimoiy fikr” markazi faoliyati takomillashtirilib, alohida Sotsiologiya instituti tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ulugʻ olimning insoniy fazilatlari
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Namangan maftunkor bayramga tayyorlanmoqda
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- Suv xoʻjaligining quyi boʻgʻinlari takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring