Buncha katta “dux” qayerdan paydo boʻldi? — Kusherbayev daraxtkesar tashkilotlar haqida

19:04 14 Sentyabr 2021 Jamiyat
420 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev daraxtlarni shafqatsizlarga kesib tashlanishi bilan bogʻliq holatlar haqida munosabat bildirdi.

"Baʼzan tushunmay daraxt kesib qoʻyibdi, degan bahonalarni eshitib qolamiz. Balki rostdan ham daraxt kesish mumkinmasligini bilmagandir, deyish mumkin.

Lekin hamma narsadan xabari bor, nufuzli tashkilotdagilarning ham qonunlarga tupurib qoʻyganini qanday tushunish mumkin?!

Masalan, koʻpchiligimiz eshitgan Boʻstonliq tumanidagi «Amirsoy» kurort zonasi maʼmuriyatining yaqinda naqd 700 tup atrofidagi qimmatbaho daraxtlarni kesib tashlaganini hech narsa bilan oqlab boʻlmaydi.

Shuncha gapdan keyin ham har xil bahonalar bilan daraxtkesarlik davom etmoqda. Buncha katta «dux» qayerdan paydo boʻldi?

Holat boʻyicha ekologiya qoʻmitasi tomonidan prokuraturaga taqdim etilgan materiallar imi-jimida yopilib ketmasligi kerak. Gap ortga qaytarib boʻlmaydigan 700 tup daraxt va salkam 400 million soʻmlik tabiatga yetkazilgan zarar haqida ketmoqda.

Oʻzi kurort maʼmuriyati odamlar togʻning daraxtzor tabiatida dam olish uchun ham kurortlarga borishini bilarmikan.

Masʼullardan izoh kutamiz..." deb yozadi deputat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?