Buloqboshida zamonaviy sement zavodi ishga tushiriladi

15:27 09 Avgust 2022 Jamiyat
312 0

Foto: Xalq so‘zi

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida sement zavodi qurilishiga tamal toshi qoʻyildi. Xitoyning “Anhui Conch Cement” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi ushbu loyihaga koʻra, yiliga 2,5 mln tonna qurilish xomashyosi ishlab chiqarish imkoniyati yuzaga keladi.

250 mln AQSH dollari qiymatidagi yangi loyihaning muhim jihatlaridan biri – uning atrof-muhitga zararsizligidir. Qolaversa, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish koʻzda tutilgan. Bu mahsulot ishlab chiqarish koʻlamini oshirish va tannarxini arzonlashtirishga xizmat qiladi.

Zavod ishga tushgach, bir kunda 6 ming 500 tonna sement ishlab chiqariladi. Asosiysi, mahalliy aholi uchun 750 ta ish oʻrni yaratiladi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?