Buxorolik tadbirkorlar 70 million dollarlik mahsulotni eksportga rasmiylashtirdi

Pandemiya davrida Buxoro viloyatining eksport koʻrsatkichlari barqarorligini hamda tashqi savdo yuklari harakatining uzluksizligini taʼminlash borasida viloyat bojxona boshqarmasi keng koʻlamli ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, yil boshidan buyon Buxoroda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining salkam 70 million AQSH dollarlik mahsulotlari eksportga rasmiylashtirildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Jumladan, Buxoro tumanidagi yirik investitsiya loyihasi – “Buxara Varnet” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan issiqxonalarni bunyod etishda Turkiyadan keltirilgan texnologiyalar uchun bojxona toʻlovlaridan 28 milliard 415 million soʻmlik imtiyozlar qoʻllanildi.
Yetishtirilgan sara pomidorlar shu yerning oʻzidan yuk avtotransport vositalariga ortiladi va bojxona xodimlari tomonidan rasmiylashtiriladi.
Viloyatning Vobkent tumanida joylashgan, tozalash vositalari ishlab chiqaruvchi yirik eksportyor korxona esa 2020-yil boshidan buyon 385,2 ming AQSH dollari qiymatidagi salkam 875 ming tonna kir yuvish vositalarini qoʻshni davlatlarga eksport qilishga muvaffaq boʻldi.
Yana bir xuddi shunday eksportyor korxonalardan biri Qorakoʻl tumanidagi “REAL TEKS QORAKOʼL” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻz faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyishi uchun soʻnggi 4 yilda xorijdan keltirilgan texnologiyalariga bojxona toʻlovlaridan salkam 15 milliard soʻmlik imtiyozlar qoʻllanildi.
Mazkur korxona ham bojxonaga doir qulayliklar va yengilliklardan samarali foydalanib kelmoqda. Bu yerda tayyorlangan 2,6 million dollarlik 1 ming 233 tonna mahsulot Turkiya va Xitoyga eksport qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring