Buxorolik yigit sevgan qizini “issiq-sovuq” qilishi uchun folbinga 3 ming dollar berdi

11:09 23 Aprel 2021 Jamiyat
5793 0

2021-yilning mart oyida 32 yoshli X.Sitora oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, Buxoro shahar A.Jomiy koʻchasida joylashgan yashash xonadonida 31 yoshli T.Shavkatga oʻzini “folbin” deb tanishtirib, uning sevgan qizini “issiq-sovuq” orqali qaytarib berishga vaʼda qilib, jami 3 000 AQSH dollar pullarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan X.Sitoraga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik, yaʼni ancha miqdorda aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari davomida, X.Sitoraning boshqa jinoyatga aloqadorliklari tekshirilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?