Buxoroga “Butunjahon hunarmandlar shahri” maqomi berildi

19:40 21 May 2022 Jamiyat
906 0

Bundan bir necha oy muqaddam Buxoro shahriga Butunjahon hunarmandlar Kengashi prezidenti Saad-al Kaddumi boshchiligidagi xalqaro oʻrganish hayʼati aʼzolari tashrif buyurib, bu koʻhna zaminda umrguzaronlik qilayotgan xalq amaliy sanʼati ustalari faoliyati bilan yaqindan tanishgan edilar.

— Hozir dunyoning 30 ta shahri “Butunjahon hunarmandlar shahri” roʻyxatiga kiritilgan. Bu roʻyxat Buxoro shahri hisobiga kengayadi, degan umiddaman.Negaki, shahringiz bu maqomga munosib, — deya taʼkidlagan edi Saad al-Kaddumi jurnalistlar bilan muloqotda.

Buxoroga “Butunjahon hunarmandlar shahri” maqomini berish yuzasidan oʻrganish ishlari xayrli nihoya topdi.Koʻhna kentda davom etayotgan xalqaro zardoʻzlik, zargarlik va kashtachilik festivali chogʻida Buxoroga “Butunjahon hunarmandlar shahri” maqomi berilgani haqidagi xushxabar tarqadi. Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʻbek Abdullayev ana shuni maʼlum qildi. Aytmoqchi, Butunjahon hunarmandlar Kengashi prezidenti Saad-al Kaddumi ayni paytda Buxoroda boʻlib turibdi. U xalqaro festivalda ishtirok etmoqda.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?