Buxorodagi institut oʻqituvchisi firibgarlik bilan qoʻlga olindi

09:37 13 Sentyabr 2024 Jamiyat
245 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament oʻqishga kiritib qoʻyish va oʻqishni koʻchirish bilan bogʻliq firibgarlik holatlarini fosh etdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti kafedra oʻqituvchisi A.A. qoʻlga olingan.

U fuqaro M.T.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali ushbu institutning “Belarus” texnika universiteti hamkorligidagi menejment yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 1,5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi holat Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda oshkor boʻldi.

Qayd etilishicha, fuqarolar T.K. (muqaddam sudlangan) va A.X. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh texnologiya universitetidan oʻqishini Andijon davlat universitetiga koʻchirib berish evaziga 3,3 ming AQSH dollari va 9,4 million soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlanib, T.K. va A.X. tomonidan oʻz aybiga iqror boʻlib 900 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, prokuraturaga yuborilgan”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Oʻzbekiston 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida Misr va Angolani taslim etgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер