Buxoroda ziyorat turizmi obyektlari infratuzilmasini yaxshilash uchun 40 milliard soʻm ajratiladi

18:31 19 Sentyabr 2022 Siyosat
594 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Prezident mamlakatimizning ziyorat turizmi imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligini taʼkidladi.

Moliya vazirligiga Buxoroda ziyorat turizmi obyektlari infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy byudjetga 40 milliard soʻm ajratish topshirildi.

Turizm vazirligi oldiga ziyorat turizmi salohiyati yuqori Indoneziya, Malayziya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh va arab davlatlaridan Samarqand, Buxoro va Toshkentga aviareyslarni koʻpaytirish vazifasi qoʻyildi.

Mutasaddilarga mamlakatimizdagi 1 ming 200 dan ziyod ziyoratgohlar imkoniyatlarini toʻliq ishga solib, yiliga kamida 1 million sayyoh jalb qilish dasturini tasdiqlashga koʻrsatma berildi.

Ziyoratga kelayotgan turistlarning mazhabi, tariqati, yondashuvi har xilligini inobatga olib, qaysi din yoki mazhab vakillariga qanday ovqatlar taklif qilishni, mehmonxona va ibodat joylarini qanday jihozlashni ilmiy yondashuvlarsiz qilib boʻlmasligi koʻrsatib oʻtildi.

Muqaddas joylar, avliyo va pirlar haqida maʼlumot bera oladigan mutaxassislar va gidlar ham kamligi aytildi.

Shu munosabat bilan Islom akademiyasi, “Ipak yoʻli” universitetiga muddatda ziyorat turizmi oqimi koʻp boʻlgan davlatlar uchun ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?